Fojea Nigeriyaning markaziy-g‘arbiy qismidagi qishloq xo‘jaligi shtatlaridan biri bo‘lgan Nigerda gavjum avtomobil yo‘lida sodir bo‘ldi.
Hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Abdullohi Bobo-Arabga ko‘ra, halokatda ko‘p sonli odamlardan tashqari, kamida 50 sigir tiriklayin yonib ketgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qildi rasmiy vakil.
Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda xizmatlar dastlab 30 kishining jasadini topgan, keyinroq yana 18 kishining jasadi topilgan. O‘lganlarni ommaviy dafn qilish marosimi o‘tkazilmoqda.
Voqea sabablari aniqlanmoqda.
Nigeriyaning davlatga qarashli NNPC Ltd kompaniyasi o‘tgan hafta benzin narxini kamida 39 foizga oshirdi, bu oxirgi paytdagi ikkinchi eng katta o‘sishdir.
Mamlakatda yoqilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda, haydovchilar butun mamlakat bo‘ylab soatlab navbatda turishga majbur.
Afrikaning zich joylashgan mamlakati bo‘lgan Nigeriyada yuk tashish uchun temir yo‘l tizimining yo‘qligi sababli yonilg‘i tashuvchi transportlar ishtirokidagi halokatli baxtsiz hodisalar ko‘pincha asosiy yo‘llarda sodir bo‘ladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 2020-yilda benzin tashuvchi transport vositalari ishtirokida 1531 ta YTH sodir bo‘lgan, natijada 535 kishi halok bo‘lgan va 1142 kishi jarohatlangan.