
Shimoliy Koreya paradda o‘z harbiy qudratini namoyish etishga tayyorlanmoqda
Shimoliy Koreya kelasi oy keng ko‘lamli harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda Xitoy yetakchisi Si Szinpin qatnashishi mumkin. U Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi tashkil etilganining 80-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi hukumatdagi manbaga tayanib.

Jahon meteorologiya tashkiloti Yerning ozon qatlami tiklanayotgani haqida ma’lum qildi
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) tadqiqotiga ko‘ra, Yerning ozon qatlami tiklanmoqda. Olimlar 2024-yilda stratosfera ozonining umumiy darajasi avvalgi yillarga nisbatan yuqori bo‘lganini aniqladi. Antarktida ustidagi ozon tuynugi ham avvalgidek keng emas edi.

Ba’zi avtomobillar uchun ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi
Transport vositalarini ekologik sertifikatlash tartibiga o‘zgarish kiritildi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19-sentyabrdagi 597-son qarori bilan respublikaga olib kirilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimi takomillashtirildi.

Rossiyaning uzoq sharq federal okrugi hududlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Bugun, 19-sentyabr kuni Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinidagi Tinch okeani akvatoriyasida 7,2 magnitudalik zilzila sodir bo‘ldi. Petropavlovsk-Kamchatsk va Vilyuchinskda yer silkinishi 7 ballgacha sezilgan. Sunami xavfi e’lon qilindi.





