Xususan, O’zbekiston liberal demokratik partiyasi vakiliga quyidagi savollar berildi.
— Davlat xizmatchilarining xarajatlarini tartibga solish masalasi dasturingizda bormi?
Bobur Bekmurodov, partiya vakili:
— Partiyamiz davlat xizmatchilarining byudjet hisobidan yuqori narxdagi narsalardan foydalanishi cheklash, qimmatbaho avtomobillar va telefonlarni davlat hisobidan sotib olishni tartibga solish tashabbusini ilgari surmoqda.
Biz sotib olinadigan avtomobillar soniga limit o‘rnatishni taklif qilyapmiz. Bu orqali umumiy xarajatlar summasini kamaytirish ham taklif qilingan.
Bundan tashqari, biz byudjet xarajatlarini qisqartirishga erishish, ijro hokimiyati tizimida xizmat mashinalari sonini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilmoqdamiz.
— Partiyangizda tashabbusli byudjet bo‘yicha aniq amaliy takliflar bormi?
— Partiyamiz aholi turmushini yanada yaxshilash maqsadida “Tashabbusli byudjet”ga beriladigan mablag‘lar 3 karra oshirilishini kun tartibiga chiqarmoqchimiz.
Qolaversa, “Tashabbusli byudjet” loyihasida orqali maktabgacha taʼlim, maktab, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish masalalarini takomillashtirmoqchimiz. Bu kabi ijtimoiy obyektlarni alohida sohaviy dasturlar orqali moliyalashtirish masalasini ilgari surmoqdamiz.