19-09-2025 10:45

China Eastern Airlines aviakompaniyasi yangi, dunyodagi eng uzoq masofali to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozni amalga oshirishni boshladi. Parvoz Shanhaydan Buenos Ayresga ulanadi va borish 25,5 soat, qaytish yo‘nalishi esa 29 soat davom etadi. Biroq, ikkala yo‘nalishda ham Yangi Zelandiyada ikki soatlik transfer mavjud, bu paytda yo‘lovchilar samoliyotdan tushish va dam olishlari mumkin.
Yo‘nalish bo‘yicha parvozlar Boeing 777-300ER samolyotida har hafta ikki marta amalga oshiriladi. Ilk parvoz 4-dekabrdan boshlanadi.
Aviakompaniya vakillari, Shanhay Pudun—Oklend—Buenos-Ayres yo‘nalishini yangi «Havo ipak yo‘li» sifatida ko‘rmoqda, bu yangi yo‘nalish Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Amerika orasida muhim qadam deb hisoblanmoqda.
Skyscanner veb-sayti ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Shanhaydan Buenos-Ayresga eng tez parvozlar Parij yoki Amsterdamda transfer bilan taxminan 31 soatga cho‘ziladi. Qaytish yo‘nalishda esa 28 soatdan 33 soatgacha bo‘lgan variantlar mavjud.
Avvalroq China Eastern Airlines O‘zbekistonga muntazam reyslar amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgani haqida xabar bergan edik.
