
Lazer qurollari dronlarga qarshi «ideal qotil»ga aylanmoqda — The Economist
Har bir o‘q uzishi besh dollarga tushadigan lazer qurollari dronlarga qarshi samarali va arzon yechim sifatida ko‘rilmoqda. The Economist nashri ularni «ideal dron qotili» deb atadi va bu texnologiya urushlar tabiatida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasi ombori quriladi
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energetika infratuzilmasini yangilash bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi. Ushbu loyihalar mamlakatni barqaror rivojlanish va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tkazishga xizmat qiladi.

Istanbulda jamoat transporti uchun 120 kmlik ajratilgan yo‘lak quriladi
Istanbul shahar hokimiyati megapolisdagi jamoat transporti harakatini tezlashtirish maqsadida 120 kilometrli avtobus uchun ajratilgan yo‘llar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning dastlabki pilot bosqichi 2025-yilda amalga oshiriladi.

Telefon bolaning hissiyotlarini yemiryapti: olimlar kutilmagan faktlarni ochiqladi
13 yoshgacha bolalarga smartfon berish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Amerikalik olimlar olib borgan keng qamrovli tadqiqotda erta smartfonga ega bo‘lgan bolalarda xavotirli holatlar, past o‘zini baholash va sotsial muammolar ko‘proq kuzatilgan.

AQSH davlat departamenti Ukrainaga 322 mln dollarlik qurol sotish rejasini ma’qulladi
Ukraina Qo‘shma Shtatlardan 322 million dollarlik qurol-yarog‘ sotib oladi. AQSH davlat departamenti tomonidan 23-iyul kuni tasdiqlangan paket havo hujumidan mudofaa va quruqlik texnikalarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda AP News xabar berdi.

Kaspiy dengizida suv sathi tarixiy minimumga tushdi
Dunyodagi eng yirik yopiq suv havzasi bo‘lgan Kaspiy dengizining sathi tarixiy past darajaga tushib ketdi. Bu haqda Rossiyaning “TASS” agentligi Astraxanda joylashgan Volga-Kaspiy baliqchilik tadqiqot instituti ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.