07-10-2025 11:54
Mutaxassisning ta’kidlashicha, oktyabrda yerga tabiiy ravishda namlik tushishi kerak.
«O‘zi shundoq ham yilimiz juda quruq keldi. Nam havo oqimlari «quvvati» bu yil juda kam. Shunaqa yildamiz...
Oylik ob-havo prognozi uchun shu xaritani ishlab chiqdik. Vaziyat ko‘rib turganingizdek yaxshi emas. Asosiy qishloq xo‘jalik ekin maydonlari, yaylovlarimizda holat yomon. Ayniqsa, lalmi yerlar namliksiz qishga kirib boradigan bo‘lib turibdi.
Kartada asosiy qishloq xo‘jalik yerlarida oy davomida oylik me’yoriy yog‘inning 50—80 foizi yog‘ishi oydinlashyapti. Bunaqa issiq va quruq oylar ketidan joriy oktyabrda me’yor atrofida yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘in ham aslida kam.
Uzoq muddatli prognozlarni agar Tinch okeani markazidagi suv haroratining sovishi ya’ni «La-Ninya» hodisasi belgilasa, qishimiz ham quruq, fevral va martimizda esa issiq kunlar ortidan bir sovuq kelishi barqaror vegetatsiya davriga qishloq xo‘jaligining og‘ir ahvolda kirishini ta’minlaydi.
2026-yil qishloq xo‘jalik tarmog‘ida og‘ir, sinovli davr bo‘ladigan ko‘rinyapti", — deydi iqlimshunos olim.