
1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda chiroyli avtomobil davlat raqamlarini sotib olishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yildi. Avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan xaridorgir raqamlarni maxsus ilova orqali xarid qilish mumkin.

Namoyishchilar korrupsiya va ijtimoiy tengsizlikdan, shuningdek, shifoxonalardagi holat abgor bo‘lgani holda mamlakatda futbol bo‘yicha qit’a va jahon birinchiliklari uchun stadionlar qurilayotganidan norozi.

Sidney shahridagi kongressda International Astronautical Congress 2028 Samarqandda bo‘lib o‘tishi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

Hukumatning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Antarktida yana xavotirli rekordlarni yangilamoqda: Janubiy yarimsharda qishda dengiz muzining maydoni bor-yo‘g‘i 17,81 million kvadrat kilometrga yetdi, bu oxirgi 47 yillik sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlaridagi uchinchi eng past ko‘rsatkichdir.