Mamlakat parlamenti spikeri Ruslan Stefanchuk Kulebaning iltimosi boʻlajak yigʻilishda koʻrib chiqilishini maʼlum qilgan, ammo aniq sana nomaʼlum. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar bermoqda.
Qayd etish kerakki, 2020-yildan beri tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Kuleba Ukrainaning Rossiya bilan ziddiyatida xalqaro yordamni taʼminlashda muhim rol oʻynab kelayotgan edi.
Kulebaning isteʼfoga chiqishiga rasmiy sabablar keltirilmagan, biroq uning ishdan boʻshatilishi haqidagi “mish-mishlar” ancha avval tarqalgandi. Uning oʻzi ham 2023-yil avgustida Kuleba “hech qanday ish doimiy emas” degan iqtibosi bilan eʼtiborga tushgan edi. Xabarlarga koʻra, uning oʻrniga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Sibixa oʻtirishi mumkin.
Bu isteʼfo Ukraina hukumatidagi keng koʻlamli “silkinish”ning bir qismi boʻlib, boshqa bir qancha yuqori amaldorlar ham isteʼfoga chiqadi. Ular orasida harbiy qurollar boʻyicha maʼmur Aleksandr Kamishin, adliya vaziri Denis Malyuska va bosh vazir oʻrinbosari Olga Stefanishinalar bor.
Hukumatdagi bunday oʻzgarishlar Rossiyaning Ukraina sharqiy qismiga uyushtirgan hujumlari fonida amalga oshirilmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy avvalroq hukumat ichidagi keyingi oʻzgarishlarga ishora qilib, Ukraina ushbu muhim davrda asosiy sohalarni mustahkamlash muhimligini taʼkidlagan edi.