
Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident “Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni (PF–174-son, 19.09.2025 y) nida belgilandi.

G‘arb davlatlari Falastinni tan olish orqali Netanyahuga bosim o‘tkazishga urinayotgan vaqtda IDF hujumlarga kuch bermoqda. Xususan, Isroil armiyasi yakshanba kuni G‘azo shahridagi turar joy binolariga zarba berib kamida 40 kishini, Livanga qilingan dron hujumida esa bir oilaning 4 a’zosini o‘ldirdi.

Shimoliy Koreya kelasi oy keng ko‘lamli harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda Xitoy yetakchisi Si Szinpin qatnashishi mumkin. U Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi tashkil etilganining 80-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi hukumatdagi manbaga tayanib.

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) tadqiqotiga ko‘ra, Yerning ozon qatlami tiklanmoqda. Olimlar 2024-yilda stratosfera ozonining umumiy darajasi avvalgi yillarga nisbatan yuqori bo‘lganini aniqladi. Antarktida ustidagi ozon tuynugi ham avvalgidek keng emas edi.