22-09-2025 11:18

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Bu so‘nggi 24-yil ichida yunon-rum kurashi bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi. Barakalla, Aytjan!
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishdi.
Oltin medal:
Kumush medal:
Bronza medal:
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu natija bilan sportchi va murabbiylarimizni, ko‘p sonli muxlislarni tabriklaydi.
