Ushbu rejani bankning bosh ijrochi direktori Piyush Gupta tasdiqlagan. Unga ko‘ra, qisqartirishlar asosan vaqtinchalik va shartnoma asosida ishlovchi xodimlarga taalluqli bo‘lib, doimiy ishchilarga ta’sir qilmaydi. Ayni paytda DBS bankining shtati 41 mingdan ortiq ishchini tashkil etadi.
Ekspertlarning fikricha, bu jarayon faqat bitta bank bilan cheklanmaydi. Tahlillarga ko‘ra, kelgusi 3-5 yil ichida jahon bank sektorida sun’iy intellektning joriy etilishi tufayli 200 mingga yaqin ish o‘rni qisqarishi mumkin.
Biroq, JPMorgan Chase bankida sun’iy intellekt bo‘yicha mas’ul Tereze Xaytsenreter AI texnologiyalari ish o‘rinlari kamayishiga emas, aksincha, kengayishiga xizmat qilayotganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab sun’iy intellekt mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Janubiy Koreya sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar yetishtirishga qaratilgan yangi o‘quv markazlari va dasturlarni ishga tushirgan.
Bundan tashqari, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan Davos Jahon iqtisodiy forumi oldidan e’lon qilingan tadqiqotda ilg‘or mamlakatlardagi ish o‘rinlarining 60 foizi sun’iy intellekt ta’siriga tushishi mumkinligi qayd etilgan. Bu esa, moliya sektorida katta o‘zgarishlar kutilayotganidan dalolat beradi.