TikTok butun dunyo bo‘ylab xodimlarni ishdan bo‘shatadi
22.02.2025 09:29
Bunga AQSHda mikroblokirovka va sun’iy intellektning rivojlanishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.
Foto: TikTok
Asosan, kontent moderatorlari o‘z ishlarini tark etishadi. Bu ajablanarli holat emas. Chunki qo‘lda tekshirish ishlarini avtomatlashtirilgan algoritmlar bilan almashtirish mumkin.
Shuningdek, 2024-yilda TikTok rahbariyati “bolalarni jinsiy zo‘ravonlik tahdididan himoya qilmaganlikda” ayblangan. Bu ommaviy ishdan bo‘shatishlarga ham ta’sir qildi.
Avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama saylovlarda g‘alaba qozonish uchun Facebookdan, Donald Tramp esa Twitterdan foydalangan bo‘lsa, TikTok hozirgi siyosatchilar uchun samarali bo‘layotgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun: TikTok O‘zbekiston hududida bloklangan.