protsess.uz-logo

Eng yirik raqamli o‘g‘rilik: hakerlar Bybitdan 1,5 milliard dollar o‘g‘irlashdi

25.02.2025 13:19

Bybit kripto birjasi xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan 1,5 milliard dollarni qaytarib olish uchun yordam so‘rab kiberxavfsizlik sohasidagi "eng yaxshi aql egalari" ga murojaat qildi.

Eng yirik raqamli o‘g‘rilik: hakerlar Bybitdan 1,5 milliard dollar o‘g‘irlashdi

Bu tarixdagi eng yirik raqamli o‘g‘irlik bo‘lishi taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Bybitning ta’kidlashicha, tajovuzkor Bitkoindan keyin eng mashhur raqamli valyutalardan biri bo‘lgan Ethereum hamyonini nazorat qilib, mablag‘larni noma’lum manzilga o‘tkazgan.

Kripto birjasi mijozlarni kripto aktivlari xavfsiz ekanligiga tezda ishontirdi. Birja bosh direktori Ben Chjou ijtimoiy tarmoqlarda Bybit o‘g‘irlangan mablag‘lar qaytarib olinmagan taqdirda ham barcha jabrlanuvchilarga tovon to‘lashini aytdi.

"Bybit bu yo‘qotish tiklanmasa ham to‘lash salohiyatiga ega bo‘lib qoladi. Mijozlarning barcha aktivlari 1:1 hisobida himoyalangan, biz yo‘qotishlarni qoplashimiz mumkin", — deb yozgan u X da.

Butun dunyo bo‘ylab 60 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega Bybit, xakerlik haqidagi xabar mablag‘ni olib qo‘yish so‘rovlarining keskin o‘sishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Chjouning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya pul mablag‘larini olib qo‘yish bo‘yicha 350 mingdan ortiq so‘rovlar olgan, bu esa tranzaksiyalarni ko‘rib chiqishda kechikishlarga olib kelishi mumkin.

Bybitning izoh berishicha, hujum kompaniya Ethereumni “sovuq” hamyondan “issiq” hamyonga muntazam o‘tkazishni amalga oshirayotganda sodir bo‘lgan.

Buzg‘unchilik haqida e’lon qilinganidan so‘ng, Ethereum narxi juma kuni deyarli 4% ga tushdi, ammo tez orada avvalgi darajasiga qaytdi.

Kompaniya, shuningdek, o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish uchun yordam so‘rab "kiberxavfsizlik va kriptoanalizdagi "eng yaxshi aql egalari"nichaqirdi va qaytarilgan summaning 10% miqdorida mukofot e’lon qildi. Agar butun summa undirilsa, mukofot 140 million dollarni tashkil qiladi.
Muallif
protsess.uz logo

Tahririyat

Maqolaga baho bering
Ulashish

Yangiliklar