Hisobotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich dunyo aholisining 68 foizini tashkil qiladi. Biroq, raqamli tafovut saqlanib qolmoqda, dunyo aholisining uchdan bir qismi yoki taxminan 2,6 milliard kishi “oflayn” holatda qolmoqda.
Taqqoslash uchun, 2023-yilda 2,8 milliard odam internetdan foydalana olmadi, bu dunyo aholisining qariyb 35 foizini tashkil qiladi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin “ushbu hisobot raqamli sohada yuqori natijalarga erishgan davlatlar va past natijalarga erishgan davlatlar o‘rtasidagi aniq farqni ko‘rsatadi”, deb ta’kidladi.
Shuningdek, 2024-yilda dunyo aholisining 51 foizi 5G tarmoqlari bilan qamrab olinishi kutilmoqda. Biroq, yuqori daromadli va past daromadli mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut seziladi: yuqori daromadli mamlakatlarda aholining 84 foizi 5G tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kam daromadli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich atigi 4 foizni tashkil etadi.