Kompaniyaning sun’iy intellekt mahsuloti 18 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da (17-fevral Tinch okeani vaqti bilan 20:00 yoki GMT vaqti bilan 04:00 da) namoyish etiladi, deb
yozdi milliarder shanba kuni X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.
Grok 3 mantiqiy izchillikka erishish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish orqali qilgan xatolarini tahlil qila oladi.
Mask bir necha bor sun’iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasi uchun xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirgan, ammo shunga qaramay, u bu sohaga ko‘proq sarmoya kiritish uchun qattiq harakat qilgan.
xAI 2024-yil dekabr oyida investorlardan, jumladan, AQSH venchur kapitalistlari, Nvidia va AMD chip ishlab chiqaruvchilari hamda Saudiya Arabistoni va Qatar investisiya fondlaridan 6 milliard dollar jalb qilganini aytdi.
xAI OpenAIning ChatGPT kabi mahsulotlari bilan gavjum bozorda raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lishni maqsad qilgan.
O‘tgan oy Xitoyning DeepSeek startapi arzon narxlardagi, yuqori sifatli chatbotni ishga tushirish orqali sun’iy intellekt global sanoatini larzaga keltirdi va AQSHning texnologiya bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lish ambisiyalariga qarshi chiqdi. DeepSeek Apple do‘konida yuklab olishlar bo‘yicha ChatGPTni tezda ortda qoldirdi.