Hisobotga ko‘ra, 2024-yil 1850-yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lgan. O‘rtacha global harorat 15,10 darajani tashkil etgan, bu 1991-2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,72 darajaga va o‘tgan rekorddagi eng issiq yil 2023-yilga nisbatan 0,12 darajaga yuqori bo‘lgan.
Shunday qilib, 2024-yil 1850-1900 yillarni qamrab olgan "industriyadan oldingi davr" o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,5 darajaga oshgan birinchi yil bo‘ldi. 2023-yilda bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,48 darajaga oshib ketdi.
2024-yil 22-iyulda o‘rtacha kunlik global harorat bo‘yicha yangi rekord 17,16 darajaga yetdi. 2024-yilning yanvaridan iyunigacha har oy o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan issiqroq bo‘ldi. 2024-yil yozi ham tarixdagi eng issiq bo‘ldi.
"Barcha xalqaro global harorat ma’lumotlari 2024-yil rekordlar 1850-yilda boshlanganidan beri eng issiq yil bo‘lganini ko‘rsatadi. Insoniyat o‘z taqdiri uchun javobgardir, ammo iqlim o‘zgarishiga qanday munosabatda bo‘lishimiz dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Kelajak bizning qo‘limizda", dedi "Kopernik" dasturining iqlim o‘zgarishi xizmati direktori Karlo Buontempo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tez va qat’iy choralar kelajakda iqlim vaziyatining rivojlanishini o‘zgartiradi.