Rossiyadagi ayanchli YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 17-dekabr ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan Saransk-Surskoye-Ulyanovsk yo‘nalishidagi trassada sodir bo‘lgan. Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va «MAZ» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi — 47 yoshli A.A., 36 yoshli J.I., 49 yoshli K.S., 20 yoshli K.A. va 47 yoshli B.O. halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarni jasadlarni vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Konsullik mazkur masala bo‘yicha Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkinligini ma’lum qildi: