21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha tushib ketadi.
O‘zbekiston hududida yana havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda. Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
20-21-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 15-16-dekabr kunlari mamlakat hududining katta qismida qor yog‘di.