Agentlikning bayonotdan iqtibos keltirishicha, Kiyevning gaz quvurlaridagi sabotaj uchun javobgarligi aniq. Shuningdek, sodir bo‘lgan voqea Germaniya va uning iqtisodiyotiga qaratilgan hujum ekanligi aytiladi. "Ukraina yetkazilgan zarar, ham jismoniy, ham yo‘qotilgan foyda uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak", deb ta’kidlaydi "Stoppt die Sanktionen".
Harakat, shuningdek, Germaniya hukumatini respublika o‘z qilmishlari uchun javob bermaguncha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi. "Shimoliy oqim"ga qarshi terrorchilik hujumi zudlik bilan va to‘liq qoplanishi kerak. Hech qanday muzokaralar, bahonalar yo‘q, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin “Shimoliy oqim”ga putur yetkazishda AQSH va Buyuk Britaniyaning bevosita ishtiroki borligini ma’lum qilgandi. Ma’lum qilinishicha, gaz quvurlarida teraktni tashkil etish, tayyorlash va amalga oshirishda anglo-sakson razvedka xizmatlarining professional diversantlari ishtirok etgan.