Olimlarning fikricha, kompyuterda haftasiga 60 soatdan ortiq vaqt o‘tkazsangiz, yurak xastaligi va erta qarish belgilarining rivojlanish xavfi ortadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, eng ko‘p vaqtini o‘tirib o‘tkazishadigan - bu 80 yillarning boshidan 90 yillarning o‘rtalariga qadar tug‘ilgan odamlardir.
Mutaxassislar yoshlarda xolesterin darajasi va tana massasi indeksi kabi ko‘rsatkichlarni ham tahlil qildilar. Ishda 28 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar - jami mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Tadqiqot mualliflaridan biri, Genetika, genomika va bioinformatika bo‘limi tadqiqotchisi Rayan Bryulman ta’kidlaganidek, ko‘pchilik yoshlikdagi yaxshi metabolizm 50 yoshdan keyin o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi, deb yanglishyaptilar. Biroq, hayot tarzi hal qiluvchi ahamiyatga ega - u kelajakka poydevor qo‘yadi.
"Ushbu hayot davrida nima qilayotganingiz juda muhim", - deb ta’kidladi u.
Olimlarning qo‘shimcha qilishicha, uzoq vaqt o‘tirishning salbiy oqibatlaridan qochish uchun kuniga taxminan 20 daqiqa o‘rtacha jismoniy mashqlar yetarli emas.
Inson qancha ko‘p o‘tirsa, yoshi shunchalik katta ko‘rinadi, degan xulosaga kelgan tadqiqotchilar, kompyuterdan uzoqroq vaqt o‘tkazish yoki tik turgan stoldan foydalanish, ko‘proq sayr qilish va kuniga kamida 30 daqiqa kardiomashq bilan shug‘ullanishni maslahat beradilar.