Yaponiya dushanba kuni DSN 3 (Kirameki 3) aloqa sun’iy yo‘ldoshini mamlakat o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari manfaatlarini ko‘zlab orbitaga chiqardi, deb xabar beradi JAXA Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi.
“Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) 2024-yil 4-noyabr kuni soat 15:48:00 da (JST) Tanegasima sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan to‘rtinchi H3 raketasi bortida X diapazonida Mudofaa aloqalari sun’iy yo‘ldoshini uchirdi”, – deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketa rejalashtirilganidek uchdi va ko‘tarilgandan taxminan 29 daqiqa 11 soniya o‘tgach fazoviy kema orbitaga chiqarildi.
H3 JAXA va Mitsubishi Heavy Industries tomonidan ishlab chiqilgan Yaponiyaning asosiy yuk tashuvchi raketasidir. Bu to‘rtinchi raketa uchirilishi. N3 N2A raketasini almashtiradi. JAXA ma’lumotlariga ko‘ra, N3 og‘irligi to‘rt tonnadan ortiq bo‘lgan foydali yukni quyosh-sinxron orbitaga va taxminan sakkiz tonnani geosinxron uzatish orbitasiga olib chiqishi mumkin. Bu N2A raketasi uchirishga qodir bo‘lgan foydali yuk massasidan 1,3 baravar ko‘pdir.