Bu haqda IDP test markazi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.
Qirg‘izistonda aholi jon boshiga daromadlar oxirgi 3-yilda 85 foizga oshib, 2 500 dollarga yetgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, bu o‘sish tendensiyasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, qo‘shni respublika 2027-yilga borib jon boshiga daromadlar bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketadi. 2030-yilga borib, o‘rtacha qirg‘izistonlik o‘rtacha o‘zbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bo‘lishi mumkin.