06-10-2025 13:21

Bungacha G‘arbiy Yavaning ayrim hududlari aholisi osmonda yorqin olov sharini ko‘rib, kuchli portlash ovozini eshitishgan.
Milliy tadqiqot va innovatsiyalar agentligi (BRIN) olimlari koinot obyekti janubi-g‘arbdan Kuningan va Cirebon o‘rtasida osmondan uchib o‘tganini aniqladi. Uning tovushi meteorit atmosferaning quyi qatlamlariga kirib, zarba to‘lqinini hosil qilganda paydo bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan 18:39 da yerosti silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi mir24.tv.
Olimlarning qayd etishicha, portlash va undan hosil bo‘lgan yorug‘lik aholi uchun hech qanday xavf tug‘dirmagan, deb xabar berdi Jakarta Globe.
