
Operatsiyaning barcha ehtimoliy aybdorlari aniqlandi va ular Ukraina fuqarolari, deb yozdi nemis OAVlari. Ukraina tomoni qo‘poruvchilikka aloqadorligini rad etdi. Germaniya 2022-yilda “Shimoliy oqim” gaz quvurini portlatishda gumon qilingan olti kishini hibsga olishga order berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyani amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha aybdorlar aniqlangan va ular Ukraina fuqarolari. Bu haqda 27-avgust, chorshanba kuni nemis OAVlari xabar berdi.

Global Peace Index 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 67-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 2 pog‘ona yuqori ko‘tarildi. Bu O‘zbekistondagi umumiy xavfsizlik va harbiylashuv darajasining nisbatan barqaror ekanini ko‘rsatadi.

Bunaqasi Rossiyada 1990-yillardan beri kuzatilmagan edi. ISW hisobotida yozilishicha, benzin tanqisligi va iqtisodiy beqarorlikka olib kelgani taxmin qilinmoqda. Rossiya esa benzin eksportiga taqiqni yana ikki oyga cho‘zdi.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasi yonidagi tibbiyot chiqindilarini yoqish zavodining ishga tushdi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.