27-08-2025 13:29
Qayd etilishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanib, insinerator uskunalari olib kelindi va ilk zavod o‘z ishini boshladi.
Hozirda ushbu zavodda kuniga 3 tonna miqdoridagi tibbiyot chiqindisi yoqilib, bartaraf etilmoqda. Zavod kuniga 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tibbiyot chiqindilarini samarali utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan navbatdagi zavodlarning qurilishi Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Toshkent Tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi (ToshMI) hamda Toshkent tumanidagi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti (SamPI) tibbiyot muassasalarida qizg‘in davom etmoqda.