28-08-2025 07:05
Tadqiqotda jami 23 ta ko‘rsatkich — ichki va tashqi muammolar, jinoyatchilik, xavfsizlik, harbiylashuv darajasi hisobga olingan. Markaziy Osiyoda eng tinch davlat sifatida Qozog‘iston tan olingan — u 56-o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston 78-o‘rin, Tojikiston 79-o‘rin, Turkmaniston esa 87-o‘rinda qayd etilgan.
Butun dunyo bo‘yicha esa Islandiya, Irlandiya va Yangi Zelandiya tinchlik bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ro‘yxatning eng oxirida Rossiya (163) va Ukraina (162) joylashgan. AQSH 128-o‘rinda turibdi.
Hisobotda qayd etilishicha, global darajada tinchlik darajasi so‘nggi yillarda pasaygan. Bugun dunyoda 59 ta faol qurolli mojaro mavjud bo‘lib, Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori xavfli holat kuzatilmoqda.