Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi qonunni imzolab, 60 yoshdan oshgan fuqarolarga harbiy holat paytida armiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilish imkonini yaratdi. Bu Ukraina armiyasidagi kadr tanqisligini bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniya agar Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni to‘xtatishda davom etsa va anklavdagi harbiy operatsiyani tugatmasa, sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasi boshlanishidan oldin Falastin davlatini tan olishga tayyor. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer devonxonasi bayonotida ma`lum qilindi.
UFC matbuot xizmati 26-iyul kuni Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 musobaqasi natijalari asosida sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Bogdan Guskov yarim og‘ir vazn toifasida kuchli o‘n nafar sportchi qatoriga kirdi.
2025 yil 15 avgustdan Qirg‘izistonda xalqaro internet trafigi uchun davlat monopoliyasi sinov tariqasida amalga kiritiladi. Sadir Japarov imzolagan qarorga ko‘ra, butun xalqaro internet tranziti milliy kompaniya «ElKat» tomonidan amalga oshiriladi.
AppStore’da Twitter asoschisi Jek Dorsi tomonidan yaratilgan Bitchat Mesh messenjeri paydo bo‘ldi. Ilovaning o‘ziga xosligi shundaki, u internetga bog‘liq bo‘lmay, foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqa faqat Bluetooth orqali amalga oshiriladi.