29–30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Federal zaxira tizimi asosiy foiz stavkasini 4,25–4,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu qaror oxirgi beshinchi marta takrorlanmoqda va u iqtisodiy o‘sishga qaramay, siyosiy bosimlar qarshisida FZT mustaqilligini saqlayotganini ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, 2025-yildan boshlab ta’lim sohasidagi eng faol o‘qituvchilar va 7–14 yoshdagi iqtidorli o‘quvchilar maxsus dam olish maskanlarida 12 kunlik bepul yo‘llanmalar asosida ta’tilini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston parlamentida o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiyalarga qator kafolatlangan huquqlar berildi. Yangilangan qonunga ko‘ra, ular qonunchilik jarayonida va nazorat funksiyalarida faolroq ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2025-yil boshidan buyon havo transportida 5 ta yo‘lovchi vafot etdi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlarning barchasi parvoz vaqtida, manzilga yetib borishdan avval sodir bo‘lgan.