Shuningdek, hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari, jumladan, ko‘rgazmalar o‘tkazish ham muhokama qilingan. Bunday tadbirlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
QR Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori hisoblanadi. Qirg‘iziston toshko‘miri eksportining 85 foizi, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Qirg‘iziston korxonalari tomonidan O‘zbekiston bozoriga 29,97 million dollarga 678,2 ming tonna ko‘mir eksport qilingan. Bu 2023-yilning to‘qqiz oyiga nisbatan 11,3 foizga kam (764,4 ming tonna, 23,98 million dollar). Shu bilan birga, ushbu davrda narx 32,6 foizga oshgan — bir tonna uchun 33,3 dan 44,2 dollargacha.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonning eng yirik ko‘mir qazib oluvchi korxonasi - “O‘zbekko‘mir” 2024-yilda ilk bor 6,7 million tonna ko‘mir ishlab chiqardi, bu o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga ko‘p. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga “Angren ko‘mir koni”, “Apartak ko‘mir koni” va “Yerosti ko‘mir koni” filiallari asosiy hissa qo‘shdi. “Angren” konida 5,5 million tonnadan ortiq, “Apartak” esa birinchi marta 1,2 million tonnadan oshgan. So‘nggi yillarda ko‘mir qazib olish dinamikasi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2019-yilda 3,8 mln. tonna, 2020-yilda 3,87 mln. tonna, 2021-yilda 4,78 mln. tonna, 2022-yilda 5,07 mln tonna, 2023-yilda esa 5,84 mln. tonnani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda 8 million tonna ko‘mir ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 900 ming tonnasini xususiy korxonalar ta’minlashi kerak bo‘lgan. 2025-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish yiliga 10 million tonnagacha, uzoq muddatli istiqbolda esa 20 million tonnagacha o‘sishi kutilmoqda. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi.