Selena Gomes AQSHdan deportatsiya qilinishi mumkin
03.02.2025 12:28
Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes noqonuniy muhojirlarning deportatsiya qilinishiga qarshi chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatini bildirganidan so‘ng unga nisbatan deportatsiya tahdidlari paydo bo‘ldi.
Gomes o‘zining Instagram sahifasida ko‘z yoshlarini tiya olmagan holda meksikalik muhojirlarni qo‘llab-quvvatlovchi video joylagandi. Videoda u AQSH prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha qabul qilgan qaroridan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgan.
Mazkur chiqishidan so‘ng, Gomesga qarshi tanqidiy fikrlar bildirildi. AQSH senatiga nomzod Sem Parker X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan postida qo‘shiqchini "Amerika fuqaroligini qadrlamaslikda" ayblab, uning deportatsiya qilinishi kerakligi haqida bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Selena Gomesning otasi meksikalik. Uning buvisi va bobosi 1970 yillarda Meksikaning Monterrey shahridan AQSHga muhojir sifatida kelgan.