protsess.uz-logo

Kanadada O‘zbekiston konsulxonasi ochiladi

14.01.2025 15:42

2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Kanadada O‘zbekiston konsulxonasi ochiladi

Dastur doirasida Kanada, Braziliya va Amerika qit’asining boshqa yetakchi hamkor mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Kanada, Braziliya, Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.

Kanadada O‘zbekiston Bosh konsulxonasini ochish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Braziliya, Kanada, Argentina va boshqa yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish borasida ham ishlar amalga oshiriladi.

Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.

Lotin Amerikasida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi va o‘zaro tajriba almashiladi.

Madaniy va sport sohasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston va Lotin Amerikasi davlatlarida tashkil etiladigan turli tadbir va festivallarda soha vakillari ishtiroki ta’minlanadi.
Muallif
protsess.uz logo

Tahririyat

Maqolaga baho bering
Ulashish

Yangiliklar

logo

“Protsess.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Tahririyat manzili: 100128, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 3B-uy.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat yuborish

© 2024 protsess.uz - Eng muhim va dolzarb masalalar tahlili.