Unga muvofiq ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi:
— ayrim respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini muvofiqlashtirish;
— iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari sonini qisqartirish.
Farmon bilan:
— vazirliklar (21 ta), qo‘mitalar (14 ta), agentliklar (26 ta) va inspeksiyalarning (9 ta) yagona ro‘yxati (jami 70 ta) tasdiqlandi;
— respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 53 ming 560 ta etib belgilandi.
Shundan:
— davlat budjeti hisobidan – 49 ming 105 ta;
— budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan – 4455 ta.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Mudofaa sanoati agentligining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni 868 ta etib tasdiqlandi. Bunda viloyatlar 3 toifaga bo‘lingan bo‘lib (61 tadan 70 tagacha shtat birligi), Toshkent shahriga (105 ta shtat birligi) toifadan tashqari qo‘shimcha shtatlar ajratildi.