Toshkentning drenaj tizimini yaxshilashga 6 mlrd soʻm ajratildi
24.10.2024 13:57
Toshkent shahar hokimining 22-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilning uchinchi choragi yakunlari boʻyicha mahalliy byudjetning ortigʻi bilan bajarilgan qismidan poytaxtning drenaj tizimini yaxshilashga 6 milliard soʻm ajratildi.
Qarorda, shuningdek, joriy yilda Toshkent shahrida yogʻingarchilik davrida suv toshqinlarining oldini olishga qaratilgan qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 20 milliard 400 million soʻm yoʻnaltirilishi qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, 21-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlat rahbari poytaxtdagi drenaj tizimining ishlashiga norozilik bildirgan edi. Hokimlikka yil yakuniga qadar drenaj tizimini sunʼiy suv havzalari bilan birga qurish boʻyicha master-reja va dastur ishlab chiqish topshirildi.