
Hindistonning Madhya Pradesh shtati, Sagar shahrida yashovchi Sarvagya Singh Kushvaha atigi 3 yosh 7 oy 13 kunligida tarixdagi eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchi bo‘ldi. U 1572 reyting ochkosi bilan 2025-yil dekabr oyida e’lon qilingan FIDE rapid ro‘yxatiga kiritildi.

Olimlar Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi asosida Marsdagi vaqt Yerga qaraganda o‘rtacha bir kunda 477 mikrosekundga tezroq o‘tishini aniqladi. Bu haqda The Astronomical Journal jurnalida chop etilgan tadqiqotga tayanib Space nashri xabar berdi.

BMT ayollar tuzilmasining "gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasi texnologiya zarar etkazish o‘rniga tenglikka xizmat qiladigan dunyoni yaratishga chaqiradi.