01-12-2025 11:05

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning noyabr oyida iste’mol sektorida tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga o‘sgan. Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foiz bandga pasaygan (2024 yil noyabrda — 110 foiz).
Qayd etilishicha, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foiz, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foiz, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgan.
Inflyatsiyaga eng katta ta’sir ko‘rsatgan mahsulotlar
Oziq-ovqatlar guruhida qator mahsulotlar narxi sezilarli oshgan. Jumladan:
Shu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxi pasayib, umumiy inflyatsiya darajasini biroz tushirgan. Ular qatorida
Nooziq-ovqatlar va xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlar
Noyabr oyida nooziq-ovqat tovarlari narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Eng yuqori o‘sish:
Hisob-kitoblar jarayonida mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar o‘rganilgan. Monitoring doirasida 420 turdagi tovar va 90 turdagi xizmat bahosi qayd etilgan.
