O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan "Debat Xoll" loyihasi tashabbusi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) tomonidan ijobiy baholandi.
YXHT o‘z hisobotida Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klub hamkorligida beshta xususiy telekanal (Sevimli, UzReport, ZOR TV, My5 va Renassans TV) bilan birgalikda jonli efirda o‘tkazilgan beshta saylovoldi debatining muvaffaqiyatli o‘tganini ijobiy baholadi.
Shuningdek debatlar "Dunyo Bo‘ylab" va "Foreign Languages" kabi davlat telekanallari orqali mos ravishda rus va ingliz tillarida, Telegram va YouTube platformalarida ham namoyish etilgan. Shuningdek surdo tarjimon orqali ta'minlanganligi e'tirof etilgan.
"Debat Xoll" zamonaviy muammolar bo‘yicha konstruktiv muhokama o‘tkazish maydoni bo‘lib qolmoqda. Bunday tashabbus O‘zbekiston fuqarolarining siyosiy madaniyatini oshirishga, saylov jarayonining ochiqligini va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan