Namangandagi «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga cho‘milishga tushgan olti boladan 2 nafari cho‘kib ketdi. 16 yoshli bolalardan birining jasadi oradan 3 kun o‘tib topildi. Ikkinchisini Namangan, Chust va Pop tumanlari bo‘ylab qidirish davom etmoqda.
Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan to‘rtinchi yirik shahri — Bursa o‘rmon yong‘inlari qurshovida qoldi. Hududda yuz bergan yong‘inlar oqibatida kamida 1 700 dan ortiq aholi xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi, bir nafar o‘t o‘chirish xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.