28-07-2025 12:47
Shunday qilib, Moskvadan Astraxan, Grozniy, Yekaterinburg, Yerevan, Qozon, Kaliningrad, Krasnoyarsk, Maxachqal’a, Mineralniye Vodi, Minsk, Murmansk, Omsk, Orenburg, Orsk, Samara, Perm, Sochi, Sankt-Peterburg, Stavropol, Tyumen, Ufa, Chelyabinsk, Kirovsk, Elista va Ostonaga va qaytish reyslari bekor qilindi.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 80 dan ortiq reys kechiktirilgan va 60 ga yaqin reys bekor qilingan. Mazkur holat yuzasidan kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Yo‘lovchilar bagajni qaytarib berish zaliga borishlari, shuningdek pulni qaytarib olishlari yoki chiptani qayta rasmiylashtirishlari mumkin. Shu bilan birga, “Aeroflot”ning ta’kidlashicha, aeroport kassalari ham vaqtincha ishlamayapti.
Dushanba kuni ertalab kompaniya axborot tizimlarining ishlamay qolgani haqida xabar berdi. Ular jadvalni majburiy tuzatish haqida ogohlantiririshdi. Sheremetevo yo‘lovchilari uchun bekor qilingan reyslar bo‘yicha eslatmani e’lon qildi, deb xabar beradi ria.ru.