28-07-2025 06:58
Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘nalishi tarkibidagi «Texnopark – Qipchoq» bekatlari va ular oralig‘idagi yo‘nalish bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda, metro poyezdi harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xizmat sifatini yaxshilash maqsadida yer usti estakadalari va bekatlar ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng rejali profilaktik ishlar olib boriladi.
Shu munosabat bilan, 2025 yil 2 avgustdan boshlab 6 ta bekatni qamrab olgan «Texnopark – Yangiobod» yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Texnopark – Qipchoq – Texnopark» oralig‘ida katta sig‘imli maxsus avtobuslar (metrobus) yo‘lga qo‘yiladi. Ular har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha bepul xizmat ko‘rsatadi.
Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralib, tushunchalari uchun minnatdorchilik bildiriladi.