"Верстка" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati 2024-yilda rekord darajadagi veb-saytlarga kirishni cheklagan. Jami 523 mingga yaqin sayt bloklandi, ulardan 106 mingga yaqini keyinchalik blokdan chiqarildi, 417 mingdan ortiq resurslar esa shu kungacha blokda, bu 2012-yildan beri kuzatilgan butun davr uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb yozadi nashr seshanba, 28 yanvar kuni "Роскомсвобода" reyestriga tayanib.
Xitoyning DeepSeek startapi atigi 5.6 million dollarga yangi sun’iy intellekt modeli yaratib, global texnologiya bozorida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Chatbot AQSH va Buyuk Britaniyada Apple ilovalar do‘konida ChatGPT'ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.