Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi, kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida kumush medalga ega chiqqan Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining tegishli moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etgani tufayli 4 yil muddatga sport musobaqalaridan diskvalifikatsiya qilindi.
Joriy yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida futzal bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Jahon chempionatining rasmiy timsoli e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Xon ismli Turon yo‘lbarsi musobaqaning timsoliga aylangan.