
2026-yil 1-martdan e’tiboran, markirovkalangan tovarlar (dori vositalari, salqin ichimliklar va boshqalar)ning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning sotuvi do‘kon (dorixona) kassasida to‘xtatib qolinadi: tovarni nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu holatda tizim yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni avtomatik aniqlab, chek shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-oktyabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-oktyabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan kurash dunyosi rahbari Nenad Lalovichni qabul qildi.

Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga — «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.