2025. 5-Noyabr. Chorshanba
O‘zbekiston mahsulotlari uchun Afrika bozorlariga yo‘l ochiladi. O‘zbekiston diplomatlari Misr–Afrika tadbirkorlari uyushmasi (YEAVA) rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Jahonda oltin qazib olish hajmi 2024-yilda 3600 tonnadan oshib, 2023-yilga nisbatan yarim foizga o‘sdi.
O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “II Xalqaro merganlar musobaqasi”da birinchi o‘rinni oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tailandning Udon Thani provinsiyasida 30 yoshli Pakin ismli erkak zargarlik do‘konidan 750 dollarlik uzukni o‘g‘irlab, qamoqdagi hayotiga qaytmoqchi bo‘ldi.
YouTube’ning bloklanishi Rossiyada ko‘p yillik televideniyedan uzoqlashish tendensiyasini to‘xtatdi. Jamoatchilik qaytadan ekran oldiga qaytmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF bosh prokurori lavozimiga Aleksandr Gutsan nomzodini ilgari surdi. U Dmitriy Medvedev bilan birga o‘qib, davlat ayblovi sohasida katta tajriba to‘plagan.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Jalolobod shahrini Manas shahri deb o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi qonunini imzoladi.
Kecha Jenevada Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashdik, deb yozadi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida.
AQSH Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani 0,25 bandiga pasaytirib, 4,00–4,25 foiz oralig‘ida belgiladi. Stavkaning tushirilishi dollar indeksining 96,2 gacha pasayishiga olib keldi.
Prezidentning “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.