18-09-2025 12:45

Koreyaning Gyeonggi provinsiyasi Gvangju shahrida 8—15-sentyabr kunlari Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi merganlari ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada 10 ta davlatdan jami 54 ta merganlar jamoasi qatnashdi.
O‘zbekiston - 2 ta jamoa;
AQSH — 2 ta jamoa;
Germaniya — 2 ta jamoa;
Ruminiya — 1 ta jamoa;
Birlashgan Arab Amirligi — 2 ta jamoa;
Qatar — 2 ta jamoa;
Vyetnam — 2 ta jamoa;
Tailand — 2 ta jamoa;
Mog‘uliston — 1 jamoa;
Janubiy Koreya — 38 ta jamoa.
Ma’lum qilinishicha, musobaqa shartlari tungi va kunduzi vaqtda bajariladigan maxsus taktik mashqlardan iborat bo‘lib, unda jamoalardan pistolet, avtomat va merganlik qurollaridan moxirona foydalangan holda shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitida turli masofadagi nishonlarga aniq o‘q otish talab etildi.
O‘zbekiston jamoasi musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra xorijiy davlatlarning 16 ta merganlar jamoasi orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin: O‘zbekiston — 539.5 ball;
2-o‘rin: Vyetnam — 534.7 ball;
3-o‘rin: AQSH — 519.0 ball.
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat jamoa 2024-yilda o‘tkazilgan “I Xalqaro merganlar musobaqasi”da ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.O‘zbekistonlik merganlar 2025-yil mayida Turkiyada o‘tkazilgan IV Xalqaro “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medalga ega chiqqandi. 2024-yildagi musobaqada ham Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi o‘rinni olgandi.
