O‘zbekiston bir yilda 400 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqargan
30.01.2025 10:18
Kecha, 29-yanvar kuni butun dunyo bo‘ylab sanoatlashtirish va texnologik taraqqiyot ramzi bo‘lgan Butunjahon avtomobil kuni nishonlandi. 1886-yil 29-yanvarda nemis muhandisi va avtomobil kashshofi Karl Bens o‘zi ixtiro qilgan uch g‘ildirakli avtomobil uchun rasmiy patent oldi. Bu jahon avtomobil ishlab chiqarish tarixining boshlanishi bo‘ldi.
Birinchi avtomobil benzinli ichki yonish dvigateli bilan jihozlangan va ishlab chiqarish modeliga aylandi.
O‘zbekistonda avtomobil nafaqat transport vositasi, balki zaruratdir. Shaharlar va viloyatlar orasidagi katta masofalar, shahar ichidagi manzillarga o‘z vaqtida yetib borish zarurati avtomobilni o‘zbekistonliklar hayotining ajralmas qismiga aylantirgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yurtimizdagi yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ularning rusumlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha (dona):