Oʻzgidromet xabariga koʻra, joriy yilning 15-17-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
15-dekabrda va 16-dekabrga oʻtar kechasi respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.
Shamol tezligi soatiga 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15-dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17-dekabr kunlari kechalari -8...-13 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda -15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0...-5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.