Kecha, 14-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyov “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 31-mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 15-avgustda maʼqullangan qonunni imzoladi. Qayd etilishicha, ushbu Qonunning maqsadi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 51-moddasida belgilanganidek, hujjat rasmiy eʼlon qilinganidan eʼtiboran 6 oy oʻtgach, yaʼni 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.