
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Superligasi 30-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Sho‘rtan” uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, mazkur bahsni ilk bor Superliga darajasida ayol hakam boshqaradi.

Jarrohlik amaliyotlari vaqtida tinchlantiruvchi instrumental musiqa eshitish bemorlarning og‘riq qoldiruvchi dorilar, xususan narkozga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, operatsiyadan keyingi tiklanishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Bu haqda Hindistondagi Lok Nayak shifoxonasida o‘tkazilgan yangi tadqiqotga asoslanib, The Independent xabar berdi.