Pentagon amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi aloqalar ehtimolidan xavotirda. NASA rahbari Bill Nelson Semafor bilan suhbatda bu haqda gapirdi.
“Bu [Mask va Putin oʻrtasidagi aloqalar] rostmi yoki yoʻqligini bilmayman. Menimcha, buni tekshirish kerak”, — dedi u.
Nelsonning so'zlariga ko'ra, agar Rossiya prezidenti va amerikalik tadbirkor o'rtasidagi "ko'p sonli" suhbatlar haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu NASA, Pentagon va ayrim razvedka idoralarida xavotir uyg'otadi.
Avvalroq Oq uy AQSh maʼmuriyatida Ilon Maskning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqasi borligi haqida maʼlumot yoʻqligini maʼlum qilgandi. Bungacha Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov WSJning Putinning Mask bilan aloqalari haqidagi maʼlumotlarini yolgʻon deb atagan edi. "Yo'q, bularning barchasi haqiqatga to'g'ri kelmaydigan, mutlaqo yolg'on ma'lumotlar", — dedi Kreml rasmiysi jurnalistlarning savoliga javob berar ekan.