
Xitoy gegemonlikka qarshi kurashishda Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Xitoy gegemonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi turishda Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I. Bu haqda TASS xabar berdi.

1-oktyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi
Moped va skuter haydovchilari uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy etilishi, chiroyli avtoraqamlarni birja orqali sotish bekor qilinishi, subsidiya va grantlarni ijtimoiy karta orqali taqdim etish — qonunchilikdagi ana shunday qator o‘zgarishlar kelasi oydan amal qila boshlaydi.

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida harakat tiklandi
Shota Rustaveli ko‘chasi Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha avtotransport harakatlanishi uchun ochildi. Shaharning asosiy arteriyalaridan birida harakatlanish yo‘lga qo‘yildi. Cho‘pon ota ko‘chasidan Yangi Sergeli ko‘chasigacha bo‘lgan qismda esa ishlar jadal sur’atda davom etmoqda.

Kredit byurolarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
«Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida«gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur Nizom kredit byurolarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir minimal talablarni belgilaydi.





